Sirdaryoda topilgan 97 mln dollarlik xazina TikTok foydalanuvchisining uydirmasi bo‘lib chiqdi

Fuqaro obunachilarini ko‘paytirish maqsadida temirdan yasalgan buyumlarni tilla rangga bo‘yab chiqqan.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Navro‘z mahallasida qurilish olib borayotgan ustalar tomonidan 16 metr chuqurlikda qiymati 97 mln dollarlik qadimiy buyumlar topib olingani aytilgan video tarqaldi.
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat yuzasidan IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan.
“Xurmacha qiliqlar”: ijtimoiy tarmoq orqali so‘kingan o‘quvchi qizlarga chora ko‘riladi
Aniqlanishicha, Navro‘z mahallasida yashovchi Yu.A. obunachilarini ko‘paytirish maqsadida temirdan yasalgan buyumlarni tilla rangga bo‘yab chiqqan. Keyin buni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Viloyat IIB ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga aholi o‘rtasida yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan.