Germaniyada parlament saylovlarida ovoz berish bo‘lib o‘tmoqda

Bundestagdagi o‘rin uchun rekord darajadagi 6 211 nafar nomzodlar kurash olib bormoqda. Shulardan 2 024 nafari ayolllar.
Sputnik
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Germaniyada bugun Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Yakshanba kuni soat 08:00 da (Toshkent vaqti bilan 11:00) butun mamlakat bo‘ylab saylov uchastkalari ochildi. Ma’lumotlarga qaraganda, Germaniyaning 60,4 million aholisi ovoz berish huquqiga ega. Aynan ular parlamentning bo‘lajak tarkibini aniqlab berishadi. Saylovlardan so‘ng mandatlarni taqsimlash asosida Bundestagda yangi kansler rahbarligida yangi hukumat shakllantiriladi.
Kansler lavozimga Xristian-demokratik ittifoqi-Xristian-sotsial ittifoqi (XDI-XSI) siyosiy kuchidan Armin Lashet, Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan Olaf Shols va “Yashillar” partiyasidan Annalena Berbok asosiy da’vogarlar sanalnoqda.
Bundestagdagi o‘rin uchun rekord darajadagi 6 211 nafar nomzodlar, jumladan, 2 024 nafar ayol kurash olib bormoqda.