TOShKENT, 25 sen - Sputnik. UzAuto Motors ️majburiy tanaffusdan so‘ng"Lasetti" va "Spark" modellarini ishlab chiqarishni qayta tikladi deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.
Bugungi kunda “UzAuto Motors” kompaniyasi barcha ommabop avtomobil modellarini ishlab chiqarishni tikladi. UzAuto Motors ️ning Asaka shahridagi zavodida ishlab chiqarish hajmi kuniga o‘rtacha 800 dan ortiq avtomobilga yetdi.
Ma’lum bo‘lishicha, iyul oyining o‘rtalaridan avgust oyining oxirigacha zavodda modernizatsiya ishlari olib borilgan. Shuningdek, yarimo‘tkazgichlarning global tanqisligi tufayli Chevrolet Lasetti hamda Chevrolet Spark avtomobillarining ishlab chiqarilishi ham vaqtincha to‘xtatilgan edi.