Rossiyada migratsiyaga doir yangi qonun 2024-yildan kuchga kiradi

Migratsiyaga doir yangi qonun chet el fuqarolari uchun biometrik ma’lumotlarga ega bo‘lgan yagona hujjat joriy etishni nazarda tutadi.
Sputnik
TOShKENT, 24 sen - Sputnik. Rossiya Federatsiyasida 2024-yilda migratsiya sohasiga doir yangi qonun kuchga kiradi. Bu haqida RIA Novostiga Migratsiya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Kirill Adzinov xabar qildi.
"Biz migratsiya sohasidagi qoidalarni tubdan o‘zgartiradigan katta qonun yozapmiz. Bu chet el fuqarolarining kirishi, qolishi, ishlashi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarga ta’sir qiladi va hozirda amalda bo‘lgan bir qator hujjatlarni bekor qilishga olib keladi. Rejalarga ko‘ra, bu qonun 2024-yilda kuchga kirishi kerak ", - dedi Adzinov
Yangi qonunda quyidagi asosiy holatlar belgilangan bo‘ladi:
Rossiyaga kirishning asosiy ikkita turi: viza bilan va vizasiz; (hozirgi kunda xorijiy davtlar viza bilan kiradi, MDH fuqarolari - vizasiz kirish huquqiga ega)
chet elliklar uchun yagona hujjat joriy etiladi (biometrik ma’lumotlarga ega bo‘lgan elektron karta). Ushbu hujjat hozirda rasmiylashtirish talab etilayotgan barcha hujjatlar o‘rnini bosadi;
majburiy tibbiy sug‘urta doirasida migrantlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalari o‘zgaradi (bugungi kunda ushbu sug‘urtadan faqat favqulodda va hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan holatlarda foydalanish mumkin);
Rossiyada migratsiya to‘g‘risidagi yangi qonun bir necha yildan buyon ishlab chiqilmoqda. 2021-yilning mart oyida Migratsiya bo‘limi boshlig‘i Valentina Kazakova Sputnik bilan bo‘lgan intervyuda 2021-yil oxiriga qadar yangi qonun hukumatga taqdim etilishini ma’lum qilgan edi.