TOShKENT, 24 sen — Sputnik. FXX Ukraina huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilayotgan o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi.
"Rossiya FXX Bransk viloyati bo‘yicha chegara boshqarmasi xodimlari Ukrainadan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan 1981-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosini giyohvandlikdan mastlik alomatlari bilan ushladi", - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, tintuv paytida uning yonidan foto, video va audiofiksatsiya qilish uchun maxsus texnik vositalar, shuningdek poroshok modda, ehtimol narkotik topilgan.
"Surishtiruv davomida huquqbuzar 2019-yildan beri Ukraina huquq-tartibot organlari bilan maxfiy asosda hamkorlik qilib kelgani ma’lum bo‘ldi. Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan shaxs niqobi ostida navbatdagi vazifani bajarayotganda, u jinoiy doiralar vakillari bilan bog‘lanib, 27 ming griven pul mukofoti evaziga unga Rossiya hududiga noqonuniy o‘tishda yordam berishni so‘radi",- deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, yashirin tadbirning maqsadi - "chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasiga noqonuniy olib o‘tishini tashkillashtirishga urinishda hamtovoqlarni qo‘lga olish uchun sharoit yaratish".
"Lekin, O‘zbekiston fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, nimadir noto‘g‘ri bajarildi. Hamtovoqlar ushlanmadi, u “afsona”ni saqlab qolish uchun Rossiya-Ukraina chegarasini buzishga majbur bo‘ldi",-deb ma’lum qilishdi FXXda.
Qo‘lga olingan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlarining nomuvofiq harakatlari ularning Rossiya bilan chegaradagi operatsiyasining muvaffaqiyatsiz bo‘lishiga olib keldi, endi ular chegarani buzgan O‘zbekiston fuqarosini qaytarishni so‘rashmoqda.