TOShKENT, 23 sen – Sputnik. Toshkent viloyatida 22-sentabr kuni bir guruh ekstremistlar faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda viloyat IIBB.
Viloyat IIBB, prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda Nurafshon shahri, Ohangaron va Chinoz tumanlarida tezkor tadbir o‘tkazgan.
Unda yashirin ravishda ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan 27 nafar shaxslar ushlangan.
Hozirda ushbu shaxslarning xatti-harakatlariga qonuniy baho berish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi 10 nafar “Hizb ut-Tahrir”* diniy ekstremistik tashkiloti a’zolari qo‘lga olingan edi.