ShHT "Tinchlik missiyasi-2021" o‘quv-mashqlarining faol bosqichi - video

Mashg‘ulotlarda Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Pokiston, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston harbiylari ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen - Sputnik. Orenburg shahri yaqinida joylashgan "Donguz" poligonida Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlarining "Tinchlik missiyasi-2021" - aksilterror shtab-qo‘mondonlik o‘quv-mashqlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulotlarda Rossiya, Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Pokiston, Belarus, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston harbiylari ishtirok etishdi. Birlashgan qo‘shinlar shartli raqibning hujumini qaytarib, qarshi hujumga o‘tishdi va raqibning asosiy kuchlarini yakson qilishdi.
Qarshi hujumda Su-34 bomardimonchi va Su-25 hujumchi samolyotlari raqibni bombabo‘ron qilishdi, artilleriya va raketa zarbalari berildi hamda raqib ichki hududiga internatsional kuchlardan iborat desant tushirildi.
Batafsil Sputnik videolavhasida tomosha qiling.