Rossiya O‘zbekiston bilan aviareyslar sonini ko‘paytirmoqda

Rossiya tezkor shtabi O‘zbekiston shaharlariga muntazam parvozlar sonini ko‘paytirishga ruxsat berdi
Sputnik
TOShKENT, 23 sen – Sputnik. 5-oktabrdan boshlab Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlar soni haftasiga to‘rttagacha ko‘paytirilmoqda. Hozirda “Aeroflot” bu yo‘nalish bo‘yicha haftasiga ikkita reyslarni amalga oshirmoqda.
Rossiyaning koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish tezkor shtabining ma’lum qilishicha, bunday qaror O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda qabul qilingan.
Bundan tashqari, quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha yangi reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda:
Haftasiga ikki marta
Moskva — Buxoro;
Moskva — Samarqand.
Haftasiga bir marta
Moskva — Urganch;
Moskva — Namangan;
Moskva — Farg‘ona;
Moskva — Andijon;
Moskva — Termiz
Shuningdek, Rossiya Qirg‘iziston va Tojikiston shaharlariga muntazam parvozlar sonini oshirishga qaror qilgan.