Polsha sharqiy chegarada 250ta amerika tanklarini joylashtiradi

Polsha mudofaa vaziri Blashchak so‘zlariga ko‘ra, "dunyoning eng yaxshi tanklari mamlakatga tajovuz xatarini pasaytirish uchun kerak".
Sputnik
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Varshava o‘z chegaralarida AQShdan sotib olgan Abrams tanklarini joylashtiradi, deb xabar qildi respublika mudofaa vaziri Mariush Blashak Polsha radiosi efirida.
"Ikki yuz ellikta eng zamonaviy tanklar mamlakatimiz sharqida joylashtiriladi", — dedi u.
Polshaga Kaliningrad kerak: mojaro boshlanib bo‘ldi
Ilgariroq, Polsha hukumati bronetexnikani 2022-yilda qabul qilib olishga umid qilayotganliklarini bildirgan edilar. Gap M1A2 Abrams SEPv3 modifikatsiyasi haqida bormoqda. Ushbu texnika Varshavaga 23 milliard dollarga tushadi. Blashchak so‘zlariga ko‘ra, "dunyoning eng yaxshi tanklari mamlakatga tajovuz xatarini pasaytirish uchun kerak".
Polshalik siyosatchilar NATO Rossiyaga faolroq qarshi turishi kerak, deya ko‘plab marotaba takrorlashgan. Polsha Rossiyani xavfsizlik uchun tahdid deb biladi.
Moskve, o‘z navbatida, boshqa davlatlarga, xususan Shimoliy atlantika alyansi davlatlariga hujum qilish niyatida emasligini takrorlab keladi. Shu bilan birga, Putinning ta’kidlashicha, Rossiya o‘z hududlariga ko‘z olaytirish va taraqqiyotni cheklash singari harakatlarni javobsiz qoldirmaydi.