FXX diniy ekstremistik g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullangan migrantlarni qo‘lga oldi - video

Yekaterinburgda migrantlarni ekstremizmga yollash bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi.
Sputnik
TOShKENT, 23 sen — Sputnik. FXX migrantlar o‘rtasida ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilgan bir guruh Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan fuqarolarni qo‘lga oldi, deb xabar berdi RIA Novosti FXX Jamoatchilik bilan aloqalar markaziga asosan.
"RF FXX Yekaterinburg shahrida Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan kelgan fuqarolaridan tashkil topgan diniy ekstremistik yacheykaning faoliyatiga chek qo‘ydi”, - deyilgan xabarda.
Aniqlanishicha, jinoiy guruh a’zolari xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyalarini targ‘ib qilish va mehnat migrantlarini Rossiya Federatsiyasida terrorchilik jinoyatlarini sodir etishga ko‘ndirish ishlari bilan shug‘ullanishadi.
Guruhning barcha a’zolari hibsga olindi. Kuchishlatar bo‘linma xodimlari ularning Yaqin Sharqdagi terrorchilik tashkilotlari rahbarlari bilan aloqasi borligini isbotlovchi dalillarni topdilar. Shuningdek, 3 kilo portlovchi modda olib qo‘yildi.
Hibsga olingan 10 nafar kishi Rossiyadan chiqarib yuboriladi, qolgan besh nafar fuqaroga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.