TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Qozog‘istonlik mashhur xonanda Dimash Kudaybergen King Choice "Osiyodagi eng kelishgan 100 erkak - 2021" reytingida birinchi o‘ringa chiqdi.
Tanlov saytida yozilishicha, qozog‘istonlik xonandaga rekord miqdorda 5,8 milliondan ortiq foydalanuvchi ovoz bergan. Ammo ovoz berish jarayoni hali yakuniga yetmadi, u 30-sentabrgacha davom etadi.
Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreyaning BTS guruhining solisti Kim Sokjin. Unda 37 ming kamroq ovoz olgan. Raqamlarga qaraganda u qozog‘istonlik qo‘shiqchining yagona raqibi.
Uchinchi o‘rinda Tailand aktori Vin Metavin, unga 1,4 million ovoz berildi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil aprel oyida Toshkentda Dimash Kudaybergen O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev bilan uchrashgandi.
Qo‘shiqchi Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayevning davlat tashrifi doirasida Toshkentda “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida chiqish qildi. Xonanda SOS d‘un terrien en detresse nomli fransuz qo‘shig‘ini ijro etdi va o‘zbek tomoshabinlari qalbini zabt etdi.