TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Toshkentda ikki qavatli binoda yong‘in chiqqani aytilgan xabarlar va hodisa joyidan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. FVV matbuot xizmati ushbu yong‘in haqida rasmiy ma’lumot berdi.
Unda aytilishicha, shu kuni soat 12:58 da Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani Forobiy ko‘chasi 418-uyda joylashgan ikki qavatli "Milliy taomlar" oshxonasiga mo‘ljallangan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
21 Sentabr 2021, 14:31
Xabarga ko‘ra, 4 ta yong‘in-o‘chirish ekipajlari soat 13:01 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:22 da qurshab olingan va soat 13:34 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida binoning 150 kvadrat metr maydondagi ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida binoning 300 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi aniqlanmoqda.