TOShKENT, 22 sen - Sputnik. 2020 yil pandemiya tufayli iqtisodning aksariyat sohalari uchun uchun og‘ir keldi, lekin Rossiya milliarderlar ro‘yxati deyarli o‘zgarmadi, deb yozmoqda Forbes nashri.
Nashr hisob-kitobiga ko‘ra, Rossiyaning 2020-yil davomida eng ko‘p daromad olgan biznesmenlar ro‘yxati quyidagicha.
1.
Aleksey Mordashov - $1,7 mlrd. Daromad manbaalari: “Severstali”, TUI va Nordgold dividendlari, Tele2 uyali aloqa operatori aksiyalarini sotishdan olgan daromadi.2.
Vladimir Lisin - $1,48 mlrd. Daromad manbai: NLMK – dividentlari va 2,1 % aksiyalarini sotishdan olgan daromadi. O‘tgan yilda milliarderning daromadi 25%ga kamaydi.3.
Alisher Usmonov - $1,43 mlrd. Daromad manbai: “Metalloinvest” kompaniyasi dividentlari. O‘tgan yil milliarder ushbu kompaniyadan katta dividentlar oldi.4.
Vagit Alekperov - $1,14 mlrd. Daromad manbai – “Lukoyl” divivdentlari. O‘tgan yilda milliarderning daromadi deyarli o‘zgarmadi.5.
Suleyman Kerimov va uning oilasi - $922 mln. Daromad manbai – “Polyusa” oltin qazib oluvchi kompaniya dividentlari va uning aksiyalarini sotishdan olgan daromadi. O‘tgan yilda milliarder 40% ko‘proq divident oldi va qiymati $232 mln.ga teng aksiya sotdi.6.
Vladimir Potanin - $897 mln. Daromad manbai – “Norilskiy nikel” dividentlari. O‘tgan yilda ushbu korxona ishlab chiqarish majmualarida bir necha yirik avariyalar sodir bo‘ldi va Potanin kompaniya dividentlarini qisqartirishga qaror qildi. Natijada milliarderning daromadi 55%ga kamaydi.7.
Andrey Skoch va oilasi - $875 mln. Daromad manbai – “Metalloinvesta” dividentlari. Andrey Skoch Alisher Usmonovning kichik hamkori va bir vaqtning o‘zida Davlat Dumasi deputati. Shu sabab rasman daromad uning otasi va qizi nomiga olinadi.8.
Viktor Rashnikov - $828 mln. Daromad manbai - MMK dividentlari. O‘tgan yilda kompaniya dividentlari miqdori o‘zgarmadi va 11,17 mlrd. rublni tashkil qildi.9.
Gennadiy Timchenko - $788 mln. Daromad manbai – “Novatek”, “Sibur” va “Transoyl” kompaniyalari dividentlari va “Stroytransneftegaz” aksiyalarini sotishdan olgan daromadi.10.
Roman Abramovich - $645 mln. Daromad manbai – “Yevraz” va “Norilskiy nikel” dividentlari hamda “Transkonteyner” va Highland Gold kompaniyalari aksiyalarini sotishdan olgan daromadi. Abramovichning daromadi o‘tgan yilda 2 baravar kamaydi( $1,14 mlrd dan $645 mln.gacha).Reyting hisoblashda Forbes biznesmenlarning 2020-yilning 18-martidan boshlab 2021-yilning 5-martiga qadar olgan daromadlarini hisobga olgan. Barcha daromadlar soliqlar va kredit foizlarini to‘lashgancha bo‘lgan summalarda hisoblangan. Rublda olingan daromadlar bitim vaqtidagi kurs bilan dollarga o‘tkazilgan. Shaxsiy buyumlarni sotishdan olingan daromadlar hisobga olinmagan.