Qirqdan ortiq O‘zbekiston kompaniyasi Tojikistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan biznes-forumda O‘zbekiston kompaniyalari ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan biznes-forumda O‘zbekistondan 40 tadan ortiq kompaniya ishtirok etadi, deb xabar berdi Tojikiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Ikki tadbirda o‘zbekistonlik ishbilarmonlarning ishtiroki kutilmoqda.
"O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida - to‘qimachilik, charm va poyabzal, oziq–ovqat mahsulotlari, zargarlik buyumlari, farmatsevtika, qurilish va mebel ishlab chiqaruvchi 40 dan ortiq kompaniya bo‘ladi", - deyiladi xabarda.
Dushanbeda Made in Uzbekistan biznes missiyasi Tojikiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tashkil etiladi.
23-24 sentabr kunlari Dushanbeda biznes-forum va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Tojikiston hukumati O‘zbekistonda qurayotgan bog‘chaning ochilish sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyotning 14 tarmog‘i o‘z yutuqlarini namoyish etadi. Ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini namoyish qiladilar.
Shuningdek, ko‘rgazmada qurilish materiallari, to‘qimachilik va kiyim-kechak, charmdan yasalgan aksessuarlar va poyabzal, ipak matolar va buyumlar, elektronika va maishiy texnika, mebel, santexnika, zargarlik buyumlari va boshqalarni ko‘rish mumkin.
Biznes-forum doirasida investitsiyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalar ochish, Tojikistonda va erkin iqtisodiy zonalarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi.