“Mirnaya missiya-2021”: Markaziy Osiyo mushtini tugmoqda

20-24 sentabr kunlari Orenburg viloyatining "Donguz" poligonida ShHTga a’zo davlatlarning aksilterror qo‘mondonlik shtab o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Terrorchilarning Afg‘onistondan Markaziy Osiyo mamlakatlariga o‘tishi, yaqin kelajakda mintaqa xavfsizligiga asosiy tahdid bo‘lib turibdi. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlarning harbiy xizmatchilari ishtirokida “Mirnaya missiya – 2021”(Tinchlik missiyasi – 2021) qo‘mondonlik shtab o‘quv-mashg‘ulotlari boshlangani bunday tahdidlarga munosib javobdir.
2021 yilning 20-24 sentabr kunlari Orenburg viloyatining "Donguz" poligonida ShHTga a’zo davlatlarning aksilterror qo‘mondonlik shtab o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Unga Belarus, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekistondan jami – 5500 nafar harbiy xizmatchi va 1200 dan ortiq texnika jalb qilingan. Qayd etish joizki, Belarus ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega va belorus harbiylari ko‘p yillar davomida birinchi marta bunday “Tinchlik missiyasida” ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston harbiylari ShHT mamlakatlarining “Mirnaya missiya” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda
Qozog‘istondan Orenburg viloyatiga "G‘arb" mintaqaviy qo‘mondonligining tank va samolyot ekipajlari, hamda razvedka-hujum rotasi yetib keldi. Maxsus taktik harakatlarga Qozog‘iston Harbiy havo kuchlarining Su-25 samolyotlari ham jalb qilingan.
Rossiyadan mashg‘ulotlarda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari bo‘linmalari, maxsus kuchlar, Rossiya Federatsiyasining beshta okrugidagi uchish ekipajlari va Qirg‘izistondagi Rossiyaning birlashgan "Kant" bazasi harbiylari ishtirok etmoqda. Maxsus taktik harakatlarda 30 ta samolyot va vertolotlar jalb qilingan bo‘lib, bular: Su-34 qiruvchi bombardimonchi, Su-24MR razvedkachilari, Su-25 hujumchi va Il-76 tashuvchi harbiy samolyotlaridir. Bundan tashqari, Mi-24 hujumchi vertolotlari, Mi-8 jangovar transportlari.
“Tinchlik missiyasi -2021” mashg‘ulotlarining asosiy maqsadi – ShHTga a’zo davlatlarning birlashgan koalitsion harbiy kuchlarini boshqarish hamda qo‘mondonlik faoliyatini muvofiqlashtirish va terrorchi guruhlarning yangi taktikasiga qarshi tajriba almashish. Aksilterror operatsiyasining vazifalari Markaziy Osiyo mintaqasidagi murakkab harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda hal qilinmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarini davomida “noqonuniy qurolli tuzilmalar” hujumlariga harbiylarning bardosh bera olish ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda qarshi hujumda “dushman”ni yo‘q qilishni o‘rganishmoq darkor.
Bo‘linmalar xalqaro terrorchilik tashkilotlarning taktikalariga qarshi kurash usullari va yo‘llarini o‘rganmoqdalar: ular dronlarni urib tushirish, qo‘poruvchi-terrorchi guruhlarning yo‘q qilishni, kimoviy va biologik qurolga qarshi kurshashishni o‘rganishmoqda.

O‘ta xavotirli holat

AQSh va NATO qo‘shinlari Afg‘onistondan jadal evakuatsiya qilingani (qochganidan) keyin bu mamlakatda vaziyat yomonlashishda davom etmoqda. Toliblarning hokimiyatni qo‘lga kiritishi terrorizmning Markaziy Osiyo mamlakatlariga tarqalish istiqbollarini ochib berib, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Eronning geosiyosiy manfaatlariga tahdid solishi mumkin. Ayni vaqtdagi o‘sib borayotgan migratsion inqiroz – asosiy xavf emas.
AQSh qoldirgan ulkan qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan turli terrorchilari hujumlari ShHT mamlakatlarga tahdid solmoqda. Ular Afg‘oniston hududida o‘z ta’sirini va faolligini kundan-kunga ortirib borishmoqda.
Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari Aleksandr Lapin 20-sentabr kuni “Donguz” poligonida "Tinchlik missiyasi 2021" qo‘shma mashqlar dasturini ochib berayotib, shunday dedi: toliblarning Afg‘onistondagi hokimiyatni qo‘lga olgandan so‘ng, IShID* va boshqa xalqaro terrorchiliktashkilotlarning pozitsiyalarining kuchayishi alohida xavotirga sabab bo‘ladi. Bu mamlakatlarimizning chegara hududlariga kirib kelish xavfini tug‘diradi”.
Shuningdek, Tojikiston Respublikasi quruqlikdagi qo‘shinlarining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha qo‘mondonining o‘rinbosari Fathullo Idoyatullozoda qo‘shma mashqlarning mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va qardosh xalqlarning inoqlashishi uchun o‘ta muhimligini qayd etdi.
Avvalroq Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ShHT manyovrlarini o‘tkazishda Suriyadagi harbiy amaliyotlar tajribasi ham inobatga olinishini aytgandi. Bunday darajagi harbiy rahbarning so‘zlari alohida ahamiyatga egadir. Ko‘rinib turibdiki, hozirgi Afg‘oniston ShHT va KXShTga a’zo mamlakatlar qurolli kuchlarining bosh shtablarini xavotirga solmoqda.
Shu sababli, Orenburg yaqinidagi Rossiya va Qozog‘iston havo kuchlari bugungi kunda yerni havodan razvedkasi, oldinga siljish ustunlarini yo‘q qilish va "qo‘poruvchi-terrorchi guruhlar"ning zenit qurilmalarini bombardimon qilish amaliyotini o‘tkazmoqdalar. Qozog‘iston Respublikasining Su-25 qiruvchi samolyoti "dushman" artilleriyasi joylashgan maskanga raketa zarbalari bermoqda. VSM-1 minalash tizimiga ega Mi-8 vertolotlari ham jalb qilingan, bu mudofaa chizig‘iga mina portlovchi to‘siqlarni tezda o‘rnatishga imkon beradi.
Markaziy harbiy okrugning muhandislari potrlatish yo‘llari bilan tankka qarshi 2 killometrdan zarba bera oladigan maxsus harbiy qurilmalarni sinovlardan o‘tkazishmoqa (buning uchun trotil ekvivalentida 20 tonnaga yaqin portlovchi moddalar kerak bo‘ladi).
Birlashgan kuchlar guruhining jangovar tuzilmalarini tez oldinga siljib (qarshi hujum)ga o‘tishi uchun IMR-3 maxsus tozalovchi mashinalari, UR-77 minalardan tozalash qurilmalari va og‘ir mexanizatsiyalashgan ko‘priklar sinovdan o‘tkazilib qo‘llanilmoqda.
ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi: Ruslan Mirzayev rahbarlik lavozimiga tasdiqlandi
Demak, bu "Tinchlik missiyasi-2021" harbiy mashg‘ulotlarning boshlanishi, oldinda yana 70 dan ortiq artilleriya, 4500 ta reaktiv raketalar sinovi va fugas-zarrachalarni qo‘llanilishi hamda tanklarga qarshi raketalarni ishlatish mexanizmini ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

Qarshilik ko‘rsatish sur’ati

Shanxay Hamkorlik Tashkiloti tashkil etilganidan buyon unga a’zo davlatlar "Tinchlik missiyasi" nomi ostida terrorizmga qarshi birgalikda qator muhim mashqlarni o‘tkazishgan.
Birinchi taktik mashg‘ulotlar 2003-yil avgustda Qozog‘iston va Xitoy hududida bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekistondan tashqari boshqa barcha ShHT a’zo davlatlar qatnashgan.
ShHT dastlab yuqori marrani ko‘zladi va "Tinchlik missiyasi-2005"da Rossiya va Xitoy harbiy-dengiz flotining 10 ming harbiylari, strategik aviatsiya va zarba beruvchi kemalari ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Vaqt o‘tishi bilan ShHT a’zolari va taktik harakat mashg‘ulotlar ishtirokchilarining tarkibi kengayib bormoqda. Ma’lumot uchun, bugungi kunda to‘qqiz davlat -Hindiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Eron (17 sentabrdan), O‘zbekiston – ShHTning teng huquqli a’zolari hisoblanadi.
“Qudratimizga shubha qilma”: O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya mashg‘ulotlari qanday o‘tdi
Hozirda ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar – Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston mamlakatlari (qaror qabul qilish huquqisiz) majlislarda qatnashishi va kun tartibini muhokama qilishda ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, ShHTning muloqotlar bo‘yicha hamkor davlatlari bor - Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya, Kambodja, Nepal va Shri-Lanka). Tashkilot ular bilan ayrim sohalarda (ShHT Shartnomasida ko‘zda tutilgan) o‘zaro hamkorlik qiladi. Bu mamlakatlarning bari ShHT doirasida harbiy-siyosiy hamkorlik rivojlanishi uchun sezilarli zaxirani ifodalaydi. Bu Markaziy va Janubiy Osiyoning terrorchilarga qarshi kurashida, shubhasiz, o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti