TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Moliya vazirligibolalar nafaqasi va moddiy yordam olish jarayoni yanada qulay bo‘lishi uchun maxsus Telegram-botni ishga tushirdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, @sr_mf_uzbot bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasidagi murojaat qilish va tezkor ma’lumot olishda ko‘maklashadi.
Ushbu maxsus telegram botda:
"Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi haqidagi ma’lumotlar;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun berilgan arizalarning holati to‘g‘risida;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi;
bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash rad qilinish sabablari;
bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari kabi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Shuningdek, botga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha eng ko‘p kelib tushayotgan savollar javoblari bilan birga o‘zbek va rus tillarida joylashtirilgan.
1 Iyul 2021, 14:38