Toshkentda jinoyat sodir etgan 24 yoshli yigit qidirilmoqda - foto

Toshkent IIBB jinoyat sodir etgan Ruslan Sixayevni qidiruvga berdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Toshkent shahrida jinoyat sodir etgan shaxs qidirilmoqda.
Sixayev Ruslan Andreyevich, 1997-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, jinoyat sodir etganlikda gumonlanmoqda.
“Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz Sixayev Ruslan haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 98-128-05-50, 97-710-49-94, yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz!”, - deyilgan IIBB xabarida.