Yevropa Ittifoqi AUKUS bilan hamkorlik qilishdan umidvor

Borrel dunyodagi vaziyat YeI, Avstraliya va AQSh orasida kuchliroq hamkorlik o‘rnatishni talab qiladi. YeI TIV rahbari ushbu masala bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari ichki maslahatlashuvlar o‘tkazishni rejalashtirayotgani ham ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, AUKUS - Avstraliya, Bu
Sputnik
TOShKENT, 21 sen - Sputnik. Yevropa Ittifoqi AUKUS bilan hamkorlik qilishdan umidvor. Bu haqida YeIning tashqi ishlar vaziri Jozep Borrel Avstraliya tashqi ishlar vaziri Maris Peyn bilan suhbatda ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Borrel AUKUS tashkil qilinishidan oldin YeI ishtirokida maslahatlar o‘tkazilmaganidan va yangi ittifoqda Tinch okeanida o‘rni kuchli bo‘lgan YeI ishtirok etmayotganidan afsusda ekanini bildirdi", - deyilgan xabarda.
Borrel aytishiga ko‘ra, hududdagi vaziyat hamfikrlar orasida yanada kuchliroq hamkorlik o‘rnatishni talab qiladi. YeI TIV rahbari ushbu masala bo‘yicha Yevropa Ittifoqi davlatlari ichki maslahatlashuvlar o‘tkazishni rejalashtirayotgani ham ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, AUKUS - Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh orasida tuzilgan himoya ittifoqidir. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra uning asosiy maqsadi - jahon okeanida Xitoyga qarshi turishdir. Ittifoq shartnomasi doirasida Buyuk Britaniya va AQSh Avstraliya dengiz flotini kuchaytirishda yordam beradi. Yaqin 10-15 yil ichida Avstraliya ko‘plab yangi harbiy kemalar, jumladan 12ta zarba beruvchi suv osti kemasi ham oladi.
Avstraliya oxiri Xitoyni o‘z dushmaniga aylantirdi - ekspert
Ushbu yilning 15-sentabrida, AUKUS to‘g‘risida shartnoma imzolanganidan so‘ng, Avstraliya Fransiya bilan suv osti kemalari yetkazib berish to‘g‘risida imzolangan 56 milliard yevrolik shartnomadan chiqdi. Fratsiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drian buni "orqadan turib zarba berish" deb atadi va Avstraliya va AQSh tomonidan ihoh kutayotganini ma’lum qilgan edi.