"Valday" klubi va SMIT ekspertlari Toshkentda nimalarni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi

Markaziy Osiyoda islohotlar, mintaqaviy xavfsizlik va integratsiya - ushbu va boshqa mavzular O‘zbekiston va rossiyalik ekspertlar muhokamasida.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Rossiyaning “Valday” klubi hamda O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ekspertlari bugun Toshketda bo‘lib o‘tadigan Foruma qanday mavzularni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bochqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari” mavzusida bo‘lib o‘tadigan konferensiya uch sessiyadan iborat bo‘ladi.
Birinchi sessiya “Markaziy Osiyoda islohotlar va taraqqiyot: O‘zbekiston va Rossiya yondashuvlari. Ikki tomonlama hamkorlikning gumanitar jihatlari” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lsa,
Ikkinchi sessiya “Mintaqaviy xavfsizlik: ichki va tashqi ta’sirlar”;
Uchinchi sessiya esa “Markaziy Yevroosiyoda xalqaro savdo va integratsiya” mavzularida bo‘lib o‘tadi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, anjumanning dastlabki sessiyasi ochiq, qolgan ikkita sesssiyasi yopiq formatda o‘tishi kutilmoqda.
Anjumanda ishtirok etish uchun ikki tomonlama munosabatlar bo‘yicha yetakchi xalqaro mutaxassislar, “Valday” munozaralar klubining siyosatshunoslik, iqtisodiyot, xavfsizlik sohasidagi nufuzli ekspertlari, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston yirik OAVlari jurnalistlari yig‘ilgan.
Forum davomida anjuman ishtirokchilari O‘zbekistondagi islohotlar bilan tanishadilar, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikka doir tahdidlarni baholaydilar va ushbu sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilaydilar.
Undan tashqari O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish uchun istiqbolli o‘sish nuqtalari va harakatlantiruvchi omillar bo‘yicha ekspert qarashlarni ishlab chiqadilar.