TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekistonda 20-sentabrda to‘y va marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
“Xususan, tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, to‘y va oilaviy marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha ilgari belgilangan cheklovlar yumshatilib, 2021-yilning 20-sentabridan to‘yxonalarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda o‘tkazilishiga ruxsat berildi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-avgustdan to‘y va marosimlarni 50 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilangan edi.