O‘zbekiston harbiy bokschilari Jahon chempionatida ishtirok etmoqda

O‘zbekistonlik bokschilar harbiylar orasida Jahon chempionatini muvoffaqiyatli boshlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 20 sen - Sputnik. O‘zbekiston harbiy bokschilari Moskvada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshlab olishdi. Birinchi kunda 3 nafar bokschi raqibdan ustun keldi, deb xabar qilmoqda Mudofaa vazirligi.
Kecha, musobaqaning ilk kunida ayollar o‘rtasida Aziza Yoqubova - 51 kg vazn toifasida nepallik Minu Gurungni mag‘lubiyatga uchratdi, - 60 kg vaznda Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi Rayhona Qodirova mo‘g‘ulistonlik Badmarag Ganzorigdan ustun keldi. Erkaklar o‘rtasida - 64 kgda ishtirok etayotgan Mujibillo Tursunov eronlik Husayn Jiddiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi, deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bugun, qo‘yidagi bokschilar ringga chiqadi:
57 kg: Sitora Turdibekova / Dariya Abramova (Rossiya) (A ring, 14:15);
60 kg: Rayhona Qodirova / Felistart Nkandiu (Zimbabve) (A ring, 15:00);
60 kg: Shunqor Abdurasulov / Klasinton Klandera (Keniya) (A ring, 17:00);
64 kg: Mujibillo Tursunov / Stefan Lokxart (Irlandiya) (B ring, 17:15);
49 kg: Abdumajid Mannopov / Xose Gonsales (Venesuela) (A ring, 19:15);
75 kg: Nurislom Ismoilov / Moreno Fendero (Fransiya) (A ring, 20:00)
52 kg: Foziljon Abdumurodov / Dmitriy Dvali (Rossiya) (B ring, 20:00).
* Janglar boshlanishi - Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Avvalroq O‘zbekiston bokschilari harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatiga jo‘nab ketishganini haqida xabar bergandik.
Ma’lumot uchun, MDH davlatlari Qurolli kuchlari vakillari orasida boks eng ommaviy sport turlaridan biri hisoblanadi. Sovet Ittifoqi davrida Markaziy Armiya sport klubi bokschilari (SSKA) eng kuchli hisoblangan. Boks bo‘yicha harbiylar orasida jahon chempionati Olimpiya qoidalariga asosan o‘tkaziladi, ya’ni 3 daqiqiqadan 3 raund.