TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenkoni qabul qildi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining dolzarb masalalari, avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Rossiyaga amalga oshiriladigan oliy darajada tashrifga tayyorgarlikni faol davom ettirishga kelishib olindi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorligi yuzasidan ham fikr almashildi.
Bundan tashqari, Afg‘onistondagi so‘nggi voqealarni hisobga olgan holda mintaqadagi mavjud vaziyat va uning kelgusi rivoji ko‘rib chiqildi.