Orzuim – O‘zbekiston shuhratini olamga yoyish: “Ti super!” ishtirokchisi Shirin Abdullayeva

“Ti super!” musiqiy loyihasining beshinchi, yubiley mavsumida O‘zbekiston sharafini 15 yoshli Shirin Abdullayeva himoya qiladi. U ko‘p farzandli oilaning kenjasi, yoshligidan vokal, raqs va sportga bo‘lgan qiziqishi o‘zgacha.
Sputnik
Shirin uch yoshga to‘lar-to‘lmas qo‘shiq kuylashni boshlagan, hozir esa o‘zi qo‘shiq yozadi, respublika va xalqaro musiqiy tanlovlarda qatnashadi ham kinoda suratga tushadi.
“Inoq katta oilam bor. Qizlardan eng kenjasi menman, mening to‘rt opam bor. Bu juda ajoyib, ular meni qo‘llab-quvvatlashadi, ulardan hamisha maslahat so‘rash mumkin”, - deydi Shirin.
Loyihada ishtiroki davomida u ko‘plab do‘stlar orttirgan, hatto ulardan biri Sveta Sabirovadan sovg‘a ham olgan. Oq o‘yinchoq quyonchasiga Stasechka deb nom bermoqda.
Shirinning azaliy orzusi o‘zining jonajon vatani O‘zbekistonning nomini xalqaro maydonda dong taratish.
Shirin Abdullayevaning chiqishini NTV va Sputnik “Ti super” loyihasining navbatdagi efirida tomosha qilishingiz mumkin. Tanlov bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da efirga uzatiladi va uni bizning saytimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Tanlovning yubiley mavsumida Rossiyaning turli burchaklaridan 50 nafardan ziyod bolalar qatnashmoqda. Bundan tashqari, Belarus, Moldova, O‘zbekiston vakillari o‘z kuchlarini sinab ko‘rishmoqda.