TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Rossiyaning “Helyx Water” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda oqova suvlarni tozalash tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish uchun muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Sputnik nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha keyinchalik Yashnobod innovatsion texnoparkida amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, Rossiyada faoliyat yuritayotgan innovatsion markazlar va jamg‘armalar – Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy hamkorlari ro‘yxatidan mustahkam o‘rin olgan.