TOShKENT, 18 sen — Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, aktor Shuhrat Ergashev vafot etdi.
Shuhrat Ergashev 1945-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1968-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktorlik fakultetini tamomlagan. Toshkent davlat akademik rus drama teatrida aktor sifatida ishlagan.
1970 yildan "O‘zbekfilm" kinostudiyasida ish boshlagan. U kino aktori sifatida Elor Eshmuhammedovning "Noziklik" (1966) filmida debut qilgan.
Faoliyati davomida o‘ttizdan ortiq filmlarda rol o‘ynagan: "Dilorom" (Moni), "Qo‘mondonning qaytishi" (Mauser), "U yolg‘iz emasdi" (Akbarov), "Qora konsulning o‘limi" (Jamol Ubaydulla), "Semurg‘" (Sherzod), "Bu yaxshi yigit" (Timur), "Men senga shahar beraman" (haydovchi), "Uchrashuvlar va ajralishlar" (Shuhrat), "Shumbola"(kinochi), "Ilk yo‘lovchilar" (Akbarov) va shular jumlasidan.
1990-yillarda Shuhrat Ergashev aktorlik bilan bir qatorda produserlik ishlari bilan ham tanildi. Shu davrdan boshlab u Rossiyada suratga olinayotgan ko‘plab seriallar va filmlarda suratga tushdi. “Boyes”, “Psevdonim “Albanes”, “Znaxar”, “Mech”, “Visoskiy. Spasibo, chto jivoy” va “Kuba” uning oxirgi filmlaridan.
1989 yilda Shuhrat Ergashevga O‘zbekiston Xalq artisti unvoni berilgan.