ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi: Ruslan Mirzayev rahbarlik lavozimiga tasdiqlandi

Ruslan Mirzayev ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Dushanbeda o‘tayotgan ShHT sammitida Davlat rahbarlari kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas’ul xodimi Ruslan Mirzayev nomzodini ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqladi.
U o‘z vazifasini bajarishga 2022-yil 1-yanvardan kirishadi.