Samarada ish beruvchi tomonidan pasportlari olib qo‘yilgan migrantlarga yordam berildi

Chernorechye tumanida 31 nafar fuqaroning olib qo‘yilgan pasportlari olib berildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Samara shahridagi vakolatxonasiga Chernorechye tumanida joylashgan issiqxonada vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 31 nafar O‘zbekiston fuqarolari murojaat kelib tushdi.
Murojaat issiqxonaga borib, o‘rganildi.
V Samare sotrudniki agentstva vneshney migratsii pomogli uzbekistansam, chi pasporta zabral rabotodatel
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklar issiqxonaga og‘zaki kelishuv asosida kelgan va mehnat shartnomasi tuzilmagan. Shuningdek, hujjatlari ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilib, ularning kamida 1 oylik ish haqi (40 ming rubl) ushlab qolingan.
Vakolatxona mas’ullari tomonidan ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilib, fuqarolarning pasportlari olib berildi va oylik maoshlari to‘liq to‘lanishi nazoratga olindi.