Qarshida 3 nafar fuqaro PPX xodimlari bilan janjallashdi - video

Ijtimoiy tarmoqlarda Ichki ishlar organlari xodimlari va fuqarolar o‘rtasida mushtlashuv aks etgan video tarqaldi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. 16-sentabr kuni soat 23:00 larda Qarshi shahrida 31 yoshli N.A. va 26 yoshli N.A. hamda 34 yoshli X.A. mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan PPX xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatdi.
Ularga nisbatan MJtKning 183 (Mayda bezorilik) va 194 (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) moddalari hamda Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qamoqqa olindi.