TOShKENT, 17 sen - Sputnik. Ushbu yilning yanvar - avgust oylari davomida xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga jami 4,9 mlrd. AQSh dollari o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Markaziy banki.
Bu o‘tgan yilning mos davrida amalga oshirilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi dan 35%ga ko‘p. 2020-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga jami 3,6 mlrd. AQSh dollari o‘tkazilgan edi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu yilgi ko‘rsatgich pandemiya bo‘lmagan 2019-yilga nisbatan ham 26% ko‘p bo‘lgan. 2019-yilning yanvar - avgust oylarida O‘zbekistonga 3,9 mlrd. AQSh dollari miqdorida pul o‘tkazmalari kelgan.