TOShKENT, 17 sen - Sputnik. O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida aviaqatnov qayta tiklanmoqda, deb xabar qilmoqda "Uzbekistan airways" AJ axborot xizmati.
Xabarda aytilishicha, parvozlar 26-sentabrdan boshlab, Toshkent–Kiyev –Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi boshlanadi.
Qatnov haftada bir marta – yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Toshkent – Kiyev yo‘nalishidagi aviachipatalar narxi 16.09.2021 holatiga ko‘ra, 2 234 655 so‘mdan (bagajsiz) va 2 575 535 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda), Toshkent–Kiyev–Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar esa 4 205 223 so‘mdan (bagajsiz) va 4 836 482 so‘mdan (bagajni hisobga olgan holda) boshlanadi.
Shuningdek, Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida 3% chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.