Ertaga Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan eko-aksiya bo‘lib o‘tadi

Eko-aksiyalar doirasida tozalik, ozodalik va pokizalikka o‘z hissasini qo‘shayotgan soha vakillari taqdirlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Ertaga "Butunjahon tozalik kuni" munosabati bilan O‘zbekistonning barcha hududlarida qator ekologik tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi vakili Sputnik muxbiriga xabar berdi.
Jumladan, 18-sentabr “Butunjahon tozalik kuni” (“World Clean up Day 2021”) munosabati bilan “Biz senga befarq emasmiz – ONA TABIAT!” nomi ostida e’lon qilingan fotosur’atlar tanlovi o‘z g‘oliblarini aniqlab taqdirlov marosimlari bo‘lib o‘tadi.
Umumxalq xashari: O‘zbekiston Navro‘zga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Aksiya doirasida hududlardagi turli xildagi chiqindilarni tozalash hamda daraxtlarni sug‘orish va parvarishlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Aksiya o‘tkazishga mas’ul tashkilotlar tibbiy niqoblar, ish vositalari, qolqop, chiqindi yig‘ish uchun maxsus qoplar hamda futbolka va maxsus kiyimlar taqdim etadi.
Shuningdek, obodonlashtirish boshqarmalarida samarali mehnat qilib, tongni qarshi olib erta saxardan ko‘chalarni tozaligiga o‘z xissalarini qo‘shib kelayotgan farrosh ayollarni hamda Maxsustrans xodimlarini taqdirlash marosimlarini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.