TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Tojikiston huquqni muhofaza qilish organlari Dushanbeda tunu-kun navbatchilik ishlarini olib borishmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.
Xavfsizlik choralarining kuchaytirilishi poytaxtda ShHT va KXShT sammitlari o‘tkazilishi bilan bog‘liq.
Xabarda aytilishicha, militsiya xodimlari strategik muhim obyektlarni va tadbirlar o‘tkaziladigan manzillarni qo‘riqlashmoqda. Jumladan, aeroport, mehmonxonalar va hukumat kortejlari harakatlanadigan yo‘nalishlarda ham navbatchiliklar tashkil etilgan.
Yangi kuchaytirilgan tartib oliy martabali mehmonlarning kelishi oldidan yo‘lga qo‘yilgan.
Dushanbeda jamoat tartibini saqlash ishlarini militsiya patrullari ta’minlamoqda, shuningdek, xizmat itlaridan ham foydalanilmoqda.
Shaharga kiraverishda DAN postlari kuchaytirilgan, poytaxtga kirib keluvchilar tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yubiley majlisi 16-17 sentabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti – Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tkaziladi.