Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistondagi missiyani yakunladi

Rossiyalik shifokorlar brigadasi O‘zbekistondagi missiyani yakunladi.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. 30 nafar rossiyalik shifokorlardan iborat guruh O‘zbekistondagi missiyani yakunladi.
Bir oy davomida Boshqirdistondan kelgan pulmonologlar, reanimatologlar, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar va kichik tibbiyot xodimlari respublika bo‘ylab ixtisoslashgan klinikalarda COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashga yordam berishdi.
Ular 65ta tibbiyot muassasalarida bo‘lishdi, 900 nafardan ortiq bemorga yordam berishdi, 2000 dan ortiq maslahatlashuvlar o‘tkazishdi.