Britaniya TIV rahbari Afg‘oniston tufayli o‘z lavozimidan ayrildi

Britaniyaliklarni Afg‘onistondan evakuatsiya qilishda yuz bergan inqiroz Dominik Raabning iste’fo berishiga sabab bo‘lgan
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Dominik Raab iste’foga chiqarildi.
Raabni iste’foga chiqarilishiga afg‘on mojarosi sabab bo‘lgan.
"Gulchatoy, och yuzingni": britaniya spesnazi Qobuldan paranjida qochdi
Afg‘onistondan britaniyalik fuqarolarni evakuatsiya qilishda yuz bergan inqiroz o‘ta chuqurlashgan bir vaqtda siyosatchi Gretsiyada mehnat ta’tilida bo‘lgan.
Oqibatda, Raab o‘zining ushbu harakati tufayli tanqid ostida qolgan. Ayniqsa, leyboristlar va liberal demokratlar Buyuk Britaniya TIV rahbarini lavozimdan chetlatish borasida qat’iy turganlar.
Birlashgan Qirollik bosh vaziri Boris Jonsning qaroriga muvofiq, Raab Adliya vaziri lavozimiga o‘tkazilgan, shuningdek, bir vaqtning o‘zida hukumat rahbari o‘rinbosari lavozimini egallagan. Jons shu vaqtga qadar o‘rinbosarlarga ega bo‘lmagani e’tiborga molikdir.
Britaniya TIV rahbari etib esa shu vaqtgacha xalqaro savdo vazirligiga rahbarlik qilib kelgan Liz Trass tayinlangan.