TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Afg‘onistondagi qaltis vaziyat butun Markaziy Osiyoning kollektiv xavfsizligiga ta’sir qiladi. Bir-ikki yildan so‘ng Afg‘onistonda ekstremistik mafkura kuchayib u Markaziy Osiyo davlatlari hududiga o‘tishi ham mumkin, dedi KXShT majlisida Bu haqida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonqilgan chiqishida ma’lum qildi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
“Ko‘z oldimizda Afg‘oniston qaytadan xalqaro terrorchilar makoniga aylanib bormoqda. U yerda muvaqqat hukumat mamlakatning siyosiy, etnik xilma-xilligini, millatlar turli tillarda so‘zlashishini va gender tenglikni hisobga olmaydi. Qattiqqo‘l shariat qonunlariga asoslangan islom amirligi tashkil qilish esa – bu o‘rta asirlarga qaytish degani.
Demak yaqin ikki uch yil ichida Afg‘onistonda ekstremistik mafkura kuchayadi va ushbu buzg‘unchi g‘oyalarning qo‘qshni hududlarga tarqalish ehtimoli oshadi", - dedi Tojikiston prezidenti.
Undan tashqari bugun Afg‘oniston gumanitar falokat yoqasida turibdi va bu muammo nafaqat afg‘on xalqining muammosi, balkim butun hududning eng dolzarb muammolaridan biridir.