Sergeli tumanidagi istirohat bog‘ining taqdiri ne kechadi?

Mana bir necha yildirki, Toshkent shahridagi kattagina bog‘lardan biri tashlandiq ahvolda.
Sputnik
Sergeli tumanini shaharning markaziy qismi bilan bog‘laydigan asosiy yo‘l – “Yangi Sergeli” ko‘chasi bo‘yida, shundoqqina hokimiyat binosi ro‘parasida bir necha gektar hududni band etgan bog‘ mavjud. Xaritalarda uning nomi “Yangi Sergeli” madaniyat va istirohat bog‘i, deyilgan. Aslida, sobiq bog‘ desak to‘g‘ri bo‘lar. Chunki bugungi kunga kelib, uning faqat nomi qolgan. Tashlandiq, qarovsiz ahvolda.
Sergeli tumanidagi istirohat bog‘i aslida qaysi tashkilotga tegishli ekani va kim uni tartibga olishi kerakligi yuzasidan aniq ma’lumot yo‘q. Yon-atrofda yashaydigan minglab aholi esa hordiq chiqarish uchun ancha olisdagi boshqa bog‘larga qatnashga majbur bo‘lmoqda.
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda Ma’lumotlarga qaraganda, bu yerda ot sporti bo‘yicha o‘quv markazi tashkil etiladi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar jalb etiladi.
Hozircha bu bog‘ qarovsiz va sayr qilishning imkoni yo‘q. Batafsil Sputnik videosida.