TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Hirotning sobiq gubernatori Ismoil-Xon Afg‘onistonning "Tolibon"*ga tezlikda taslim bo‘lishi borasida fikr bildirdi.
"Prezident G‘ani haqiqatda buyuk milliy xoinlikka qo‘l urdi", - dedi sobiq siyosatchi.
U Eronning Entekhab nashriga bergan intervyusida sobiq davlat rahbarini "agent", deb atab, aynan G‘anining harakatlari Afg‘onistonning qulashiga sabab bo‘lganini iddao qilgan.
Ismoil-Xonning ta’kidiga ko‘ra, G‘ani o‘z davlati va xalqiga ruhan yaqin bo‘lmagan, shu boisdan ham birinchi va so‘nggi provinsiyalarning taslim bo‘lishini xotirjam va befarq kuzatgan.
"Biz Hirotga urush yaqinlashayotganini ko‘rganimizda, biz, va nihoyat choralarni ko‘rdik, ammo, afsuski, bu vaqtga kelib juda kech bo‘lgandi. Garchi biz ikki oy kurashgan bo‘lsak ham", - deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi afg‘on siyosatchisi.
Sobiq gubernatorning aytishicha, oxirgi yigirma kun "juda shovqinli" bo‘lgan.
U "Tolibon"* qay tarzda qarshilik ko‘rsatayotgan provinsiyani o‘ta qisqa vaqtda qo‘lga kiritgani borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Oxirida, toliblar shaharga jangning old chizig‘ida shaharga kirib bora olmagach, Ashraf G‘ani harbiy qismlarga taslim bo‘lish buyrug‘ini berdi. Bu jangarilarga ikkala tomondan Hirotga kirib borish imkonini berdi", - dedi Ismoil-xon.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchi tashkilot.