Farg‘onada "Mersedes"ni bo‘laklab olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs nayrangi fosh etildi

Umumiy qiymati 237 million so‘mlik 1 dona "Mersedes Bens W211" rusumli avtotransport hujjatlarda “avtomobil kuzovi” deb ko‘rsatilgani aniqlangan.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen - Sputnik. Farg‘onada "epchil tadbirkor"ning "Mersedes Bens"ni bo‘laklab olib o‘tish rejasi chippakka chiqdi, deb xabar bermoqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.
Bu qing‘ir ish “Kirguli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etilgani aytilmoqda.
Zarar 5,3 mlrd so‘m: Toshkentda firibgarlar ijaraga olingan mashinalarni sotib yubordi
Xususan, avtomobil ehtiyot qismlari importi bilan shug‘ullanuvchi shaxs tomonidan xorijdan olib kelingan 14 turdagi avtomobil ehtiyot qismlari tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, umumiy qiymati 237 million so‘mlik 1 dona "Mersedes Bens W211" rusumli avtotransport hujjatlarda “avtomobil kuzovi” deb ko‘rsatilgani aniqlangan.
Shuningdek, 15 turdagi jami 99 dona avtomobil ehtiyot qismlari hujjatlarda umuman ko‘rsatilmaganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirda bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qiladi Bojxona qo‘mitasi.