TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyev huquq-tartibot idoralariga migrantlar zich yashaydigan shaharlarni qattiq nazoratga olish haqida topshiriq berdi.
"Migrantlar zich yashaydigan shaharlarga e’tibor qaratilishini so‘rayman. Albatta, qattiq nazoratga olish zarur. Biz uchun umuman vaziyatni tahlil qilish va odamlarda odilona yuzaga kelgan tashvishni olib tashlash muhim", - dedi gubernator huquq -tartibot idoralari bilan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda.
Kuni kecha 67 yoshli ayolning jasadi Sergiyev Posad yaqinidagi o‘rmonda zo‘ravonlik belgilari bilan topildi.
Qotillik haqida xabarlardan so‘ng Bujaninovo qishlog‘idagi yotoqxona oldida 300 nafar mahalliy aholi vakillari to‘plandi.
Ikki kishi qo‘lga olindi, ularga ayblov e’lon qilindi. Migrantlar istiqomat qilgan yotoqxona yopildi. OAVlar xabariga ko‘ra, 160 nafar kishi avtobuslarda olib ketildi.