TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi oktabrda emlash punktlariga yetkazib beriladi. Bu haqda Jurabek Laboratories korxonasi vakili RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Vaksina hozircha omborda saqlanmoqda, oktabr oyida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga vatsinalarni yetkazib berish boshlanadi”, - dedi suhbatdosh.
Birinchi bosqichda Olmaliqdagi zavod oyiga 2 million dozagacha “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqaradi.
Avgust oyida O‘zbekiston hukumati Jurabek Laboratories korxonalarida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat bergandi.
May oyida Toshkent va Moskva “Sputnik V”ni O‘zbekistonda ishlab chiqarishga kelishib olgandi.
29 iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oyidan Olmaliq shahridagi "Jurabek laboratories" korxonasida “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilib, korxonaning texnik imkoniyatlari bilan tanishdi.
31 iyul kuni Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jamg‘armasi (RFPI) respublikada “Sputnik V”ning birinchi partiyalari ishlab chiqarilganini xabar qildi. Ishlab chiqarilgan vaksinalar sifatni nazorat qilish maqsadida Gamaleya markaziga yuborilgandi.
11 avgust kuni Gamaleya markazidan “Sputnik V” vaksinalarining ilk partiyasi sifati bo‘yicha ijobiy natijalar olingan.