TOShKENT, 14 sen - Sputnik. Moskva shahar Mirovoy sudi Facebook Twitter va Telegram ijtimoiy tarmoqlarini yana jarimaga tortdi.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ini Rossiyada ta’qiqlangan kontentni o‘chirmagani uchun 21 mln rublga jarimaga tortdi, jarimalar umumiy summasi 90 milliondan oshdi.
Twitter ijtimoiy tarmog‘iga ham 5 mln rubl jarima solindi. Bugungi kunga qadar ushbu tarmoq jarimalari summasi 45 milliondan oshdi.
Telegram ham Rossiyada ta’qiqlangan axborotni o‘chirmagani uchun 9 mln. rubl to‘laydigan bo‘ldi. Bugungi kunga qadar solingan jarimalar umumiy miqdori 35 mln rubldan oshib ketdi.
Ma’lumot uchun, ushbu jarimalar Rossiya Ma’muriy qonunbuzarliklar to‘g‘risidagi qonunining 13.41 bandiga muvofiq – Rossiya qonunchiligida belgilangan, Internet tarmog‘ida joylashtirilgan ma’lumotni o‘chirmagani uchun solinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Rossiya aloqa vazirligi va “Roskachestvo” agentligi Zoom va Skype videoaloqa xizmatlarining sifatini tekshirishni rejalashtiriayotganini ma’lum qilgan edi. Ushbu onlayn xizmatlar sifati belgilangan talablarga javob bermagan taqdirda ularni mahalliy muqobiliga almashtirish tavsiya etish rejalashtirilgan. Yandeks va Sberbank ana shunday xizmatlar ishlab chiqishga allaqachon kirishgan.