Migrantlar uchun qulaylik: Moskva metrosida o‘zbek tilida belgilar paydo bo‘ldi - foto

Moskva metrosida o‘zbek va tojik tillaridagi belgilar paydo bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Moskva metrosida “Prokshino” va “Lesoparkovaya” bekatlarida o‘zbek (lotin) va tojik (kirill) tillarida yo‘l ko‘rsatkichlari paydo bo‘ldi.
Bu migrantlar uchun qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirildi, chunki avtobuslar bu bekatlardan migratsiya markazigacha qatnaydi.
Endi chet elliklar uchun “Saxarovo” migratsiya markaziga boradigan avtobusga yo‘l topish osonroq bo‘ladi.
Metro yo‘lovchilar uchun tushunarli va qulay bo‘lishi uchun vagonlardagi elektron tablodagi metro xaritasi 9 tilda takrorlanadi.