TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Ukrainalik siyosatshunos Valentin Gaydayning aytishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy rossiyalik yetakchi Vladimir Putin bilan xalqaro maydonlardan birida kuluar uchrashuv o‘tkazishga urinishi mumkin.
Ekspert chiqishi "Golos" mediaguruhining Youtube-kanalida e’lon qilingan.
"Davosdagi forum yoki BMT Bosh assambleyasi, yoxud Katta yigirmatalik sammiti <…> — bu dunyoning eng kuchlilari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun qulay imkoniyatdir", — dedi u.
Gayday fikricha, hozir Kiyev Zelenskiy Putin bilan uchrashuv o‘tkazishidan manfaatdor. Siyosatchilar boshqa yetakchilarni "hojatxona oldida" qorovullab turishi singari ssenariyga Ukraina yo‘l qo‘ymaydi, deb o‘ylayman, aks holda, bu uning manfaatiga xizmat qilmaydi, deydi siyosatshunos.
"Besh yil ilgari, Tramp AQSh prezidenti etib saylanganida bizni elitamizni aksariyati u bilan muloqot qilishni istab, uni hojatxona oldida poylashgan, lekin, ochig‘i, men bu ishni to‘g‘ri deb hisoblamayman", - dedi Gayday.
Ilgariroq, Vladimir Putinning matbuot-kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti joriy yil BMT Bosh assambleyasida ishtirok etishni rejalashtirmayotgani haqida bayonot bergan edi. Tadbirning ochilish marosimi 14-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi, BMT Bosh assambleyasi oliy haftaligi esa 21-27 sentabrda o‘tkaziladi.