Boltiq dengizida “Shimoliy oqim – 2” gaz quvurining so‘ngi quvuri yotqizildi. Eng yirik loyihalardan biri nihoyat yakunlandi.
Tranzitdan tushadigan daromadni yo‘qotishdan qo‘rqqan Ukraina, shuningdek, suyultirilgan gazni Yevropaga sotishdan manfaatdor bo‘lgan AQSh quvur qurilishiga faol qarshilik ko‘rsatdi.
Magistral Rossiyadan Germaniyaga Boltiq dengizi tubi bo‘ylab yotqizilgan. Gaz quvurining ikkita liniyasining quvvati yiliga 55 milliard kubometrni tashkil qiladi.
Avvalroq “Bloomberg” nashri "Shimoliy oqim-2" birinchi oktabrdan ishga tushishi haqida yozgandi. Gaz o‘tkazgichning ikkala quvuridan gaz haydash 1-dekabrga qadar boshlanadi.