Panjsherdagi Milliy qarshilik ko‘rsatish fronti jangchilari

"Tolibon"* vakillari Afg‘onistonning deyarli barcha hududida o‘z hokimiyatini o‘rnatdi. Ularga qattiq qarshilik ko‘rsatgan va oxirigacha bo‘ysunmagan viloyat Panjsher bo‘ldi.
Sputnik
1 / 9

Avgust o‘rtalarida toliblar Kobulni jangsiz egallashdi.

2 / 9

Ular hukumati tan olmagan Panjsher viloyatida qarshilik ko‘rsatish kuchlari tashkil etildi.

3 / 9

Milliy qarshilik ko‘rsatish frontiga Ahmad Mas’ud yetakchilik qilmoqda.

4 / 9

Ahmad Mas’ud - asli kelib chiqishi tojik bo‘lgan, Panjsher sheri laqabi bilan mashhur bo‘lgan afg‘on dala qo‘mondoni Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li.

5 / 9

6 sentabr kuni toliblar vakili Zabihullo Mujohid Panjsher to‘liq ular nazorati ostiga o‘tganini ma’lum qildi.

6 / 9

Mas’ud esa jangarilarga qarshi kurash davom ettirilishini bildirdi.

7 / 9

Hozir qarshilik ko‘rsatish kuchlari Panjsherdagi tog‘larga berkinib, partizan urushini olib bormoqda.

8 / 9

Kuni kecha "Afghanistan Times" nashri ular "Tolibon"*dan Panjsherdagi uchta tumanni qaytarib olganini xabar qildi.

9 / 9

Gazeta o‘nlab toliblar o‘ldirilgani haqida yozdi. Toliblar esa buni rad etdi

* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti