O‘zbekistonga Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelindi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportiga 1 200 000 dozadan ortiq Pfizer/BioNTech vaksinasi yuklangan samolyot kelib qo‘ndi.
Ayni paytda O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001, AstraZeneca, "Sputnik V" va Moderna vaksilaridan foydalanilmoqda. Pfizer/BioNTech vaksinasi yurtimizga qo‘llanilayotgan 5-vaksina bo‘ldi.
Xitoyda koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘chog‘i avj oldi
Shunday qilib, respublikaga keltirilgan jami vaksina 24 002 540 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan: 1 342 480 dozasi AstraZeneca, 18 000 000 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 460 000 dozasi "Sputnik V", 3 000 060 dozasi Moderna, 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasi.
Ayni kungacha jami 16 861 167 doza vaksinadan foydalanilib, to‘liq emlangan fuqarolar 3 121 019 nafarni tashkil qilmoqda.