O‘zbekiston harbiylari ShHT mamlakatlarining “Mirnaya missiya” mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda

“Mirnaya missiya — 2021” qo‘shma mashg‘ulotlari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Donguz poligonida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari harbiy xizmatchilari Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Mirnaya missiya — 2021” qo‘shma mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Mirnaya missiya — 2021” qo‘shma mashg‘ulotlari Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Donguz poligonida bo‘lib o‘tadi. 11-sentabr kuni bu yerga o‘zbek harbiylari yetib keldi.
Mashg‘ulotlarda ShHTga a’zo davlatlar: Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston va Hindiston harbiylari qatnashmoqda.
Mashg‘ulotlar 25-sentabrgacha Donguz poligonida bo‘lib o‘tadi.
Kuchlar namoyishi: “Rubej – 2021” mashg‘ulotlari qanday qilib afg‘on tahdidini ogohlantirmoqda