TOShKENT, 13 sen - Sputnik. Moskva yevropa mamlakatlari Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinalari mavzusini siyosiylashtirishdan voz kechishlariga umid qilmoqda, deb bayonot qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Tarafkashlik, albatta, sezilmoqda, ammo bizning sog‘liqni saqlash vazirligimiz, Rospotrebnadzor, olimlarimiz - ularning Yevropaning dorivor preparatlar bo‘yicha agentligi bilan aloqalari bor. Biz ushbu aloqalar maksimal darajada professional - hech qanday siyosiylashtirishlarsiz kechishini istaymiz", - dedi vazir Moskvada San-Marinov TIV rahbari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni natijasida.
Lavrov Rossiya vaksinalariga nisbatan qat’iy yondashuvni egallagan davlatlar nomlarini sanab o‘tirmadi, ammo qator davlatlar, jumladan, Fransiya tomonidan bo‘lgan tanqidlarni esga oldi. Lavrovning ta’kidlashicha, Yevropa ittifoqi davlatlarida Yevropaning tegishli agentligi Rossiya preparatlari bo‘yicha xulosa chiqarishini kutish lozim, degan qat’iy talabning o‘zi yo‘q.
Lavrov, shuningdek, Rossiya vaksinasidan foydalanish Vengriya va Slovakiya tomonidan ma’qullanganini eslatib o‘tdi.
Rossiyaning COVID-19ga qarshi birorta vaksinasi yevropa dorivor preparatlarni nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tan olinmagan. YeIning ayrim davlatlari o‘zlarida "Sputnik V"ni qo‘llaganlar. Rossiyaning ushbu vaksinasi 4-martdan boshlab Yevropa Ittifoqida foydalanish uchun dori vositalarini qo‘llashni tavsiya etuvchi Yevropa Dorilar Agentligida (YeMA) bosqichma -bosqich tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.