Afg‘on uchuvchilarini O‘zbekistondan AQShning Dohadagi harbiy bazasiga ko‘chirish boshlandi

Maxsus reys Termizdan AQShning Dohadagi harbiy bazasiga uchib ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 13 sen – Sputnik. Maxsus reyslar O‘zbekiston janubidagi Termizdan mamlakat hududida vaqtincha bo‘lib turgan Afg‘oniston Havo kuchlari uchuvchilarini AQShning Dohadagi harbiy bazasiga ko‘chirishni boshladi.
“Maxsus reys bugun kechqurun (12 sentabr – tahr.) Termizdan Dohaga uchib ketdi, unda Afg‘oniston HHK uchuvchilari bor”, - dedi voqeadan xabardor manba RIA Novostiga.
Manba ko‘chirishning boshqa tafsilotlarini ochiqlashdan bosh tortgan.
Avvalroq “The Wall Street Journal” gazetasi AQSh va O‘zbekiston bir guruh afg‘on uchuvchilarini Dohadagi (Qatar) harbiy bazaga ko‘chirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishgani haqida yozgandi. Gap qariyb bir oy muqaddam Afg‘oniston havo kuchlarining vertolot va samolyotlarida O‘zbekistonga uchib o‘tgan afg‘on uchuvchilari haqida ketmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchilar va ularning oilalarini jami 585 kishini tashkil etadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston hududida 46 ta harbiy samolyot va vertolotlarbor va ularning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.
O‘zbekiston AQShni toliblarning “ashaddiy dushmanlarini” chiqarib yuborish haqida ogohlantirdi