Xitoyda koronavirus bilan kasallanishning yangi o‘chog‘i avj oldi

Fuszan viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning yangi o‘chog‘i qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Xitoy sharqidagi Fuszan viloyatida koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning yangi o‘chog‘i qayd etildi. Tekshiruvda 20 nafar kasallangan bemor aniqlangan. Bu mamlakat Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi xabar qildi.
Xabar qilinishicha, bu odamlarning hammasi mamlakat ichida kasallangan. Shuningdek, 11-sentabr kuni chet eldan kelgan 26 kishida koronavirus aniqlangan.
Lokdaunda bo‘lgan Xoshimindagi hayot
Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon Xitoyda 95 ming kishi kovid yuqtirib olgan. Virusdan 4,5 mingdan ziyod vafot etgan. Hozirda Xitoyda 1,1 milliard kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan, ya’ni mamlakatning deyarli 75 foiz aholisi.